Jud Bellingem Xabi Alonsoga to‘liq ishonishini bildirdi

Jud Bellingem Xabi Alonsoga to‘liq ishonishini bildirdi
Madridning "Real" klubi so‘nggi o‘yinlarda omadsizlikka uchramoqda. Chempionlar Ligasi doirasidagi so‘nggi uchrashuvda jamoa o‘z maydonida Angliyaning "Manchester Siti" klubiga mag‘lub bo‘ldi.

Bu holat madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonsoga nisbatan bosim ortishiga sabab bo‘ldi. Ammo "Real"ning ingliz yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa murabbiyini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

"U o‘z ishini a’lo darajada bajarmoqda. Mening va boshqa o‘yinchilarning u bilan munosabatlari juda yaxshi, bunga hech qanday shubha yo‘q", – dedi Bellingem BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi sifatida o‘zining birinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar