date

Rafa Markes Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ladi


Meksika futboli kelajakka intilmoqda. Rafa Markes rasman Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Biroq u bu lavozimga Jahon chempionatidan so‘ng kirishadi. Bu haqda Meksika futbol federatsiyasi prezidenti Ivan Sisnega ma’lum qildi.

Sisneganing so‘zlariga ko‘ra, Rafaelning shartnomasi unga Xavyer Agirrni almashtirib, Jahon chempionatidan keyin bosh murabbiy bo‘lish imkoniyatini beradi. 2024 yildan boshlab Rafa Markes terma jamoa bosh murabbiyining yordamchisi sifatida faoliyat olib bordi va endi u yuqori lavozimga ko‘tarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Meksika terma jamoasi uchun bu Jahon chempionati Kanada va AQSh bilan birgalikda uyda o‘tkaziladi. Rafa Markesning o‘zi futbolchi sifatida beshta Jahon chempionatida ishtirok etgan va bu borada Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu kabi yulduz futbolchilar bilan bir qatorda rekord egasi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafa Markes Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ladi