date

Antonio Konte: "Mag‘lubiyat haqli edi, charchoq sezildi"

Antonio Konte: "Mag‘lubiyat haqli edi, charchoq sezildi"
Yevropa futbolida eng nufuzli qit’a musobaqasi — Chempionlar ligasining guruh bosqichida navbatdagi, oltinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Italiyaning "Napoli" jamoasi quyoshli Portugaliyaga safar qilib, kutilmaganda "Benfika"ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu o‘yin yuzasidan italiyaliklar bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z fikrlarini bildirdi. "Ehtimol, bu haqli mag‘lubiyat edi, biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik.

Balki, jismoniy charchoq o‘zini sezdirgandir, ayniqsa bunday iliq ob-havo sharoitida. Biz har uch kunda bir o‘yin o‘tkazdik.

"Benfika" esa dam olish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘ldi", — dedi Antonio Konte calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida. Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvda "Napoli" yana safarda o‘ynaydi, bu safar "Kopengagen"ga qarshi bahs olib boriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Antonio Konte: "Mag‘lubiyat haqli edi, charchoq sezildi"