
Chorshanba kuni Madridning "Real" jamoasi Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Madrid klubi ilgari ham yirik jamoalarga qarshi o‘yinlarda ishonchsiz o‘yin ko‘rsatgani uchun tanqid qilingan.
Shu sababli, navbatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlar Xabi Alonsodan jamoaning muhim o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklari haqida so‘rashdi. "Bizning maqsadimiz — raqibning darajasidan qat’i nazar, barqaror o‘yin namoyish qilish.
Bugun bizga qarshi juda kuchli jamoa maydonga tushdi. "Manchester Siti" g‘alaba qozondi, biroq biz durang qayd etish uchun yetarli imkoniyatlar yaratdik.
Biz birinchi bo‘lib gol urdik, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ishlashda davom etishimiz va taslim bo‘lmasligimiz kerak", — dedi ispan murabbiyi matbuot anjumanida.
Hozirda "Real" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda, La Ligada esa ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.