Patris Evra Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatladi

Patris Evra Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatladi
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. "Men har doim unga ishonaman, hatto shunday qiyin davrlarda ham.

Amorim jamoa uchun kurashishga tayyor. U o‘z manfaatlaridan ko‘ra klub manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Menimcha, unga yana bir nechta yangi futbolchilar kerak", - dedi Evra. Evraning so‘zlariga ko‘ra, "qizil iblislar"ning o‘yinlarini ruletka bilan taqqoslash mumkin.

"Natijani oldindan aytish juda qiyin. Hech qachon nima kutishni bilmaysan", - deydi u.

Angliya Premer-ligasining 15-turidan so‘ng, "Manchester Yunayted" 25 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar