
Chempionlar Ligasida "Benfika" "Napoli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng neapolliklarning bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining charchoq holatini ta’kidladi.
U "Napoli" yakshanba kuni Italiya chempionatida o‘ynaganini, "Benfika" esa juma kuni o‘z o‘yinini o‘tkazganini aytib o‘tdi. "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino esa ushbu gaplarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Benfikaning jismoniy holati yaxshi bo‘lgani haqida gapirish bahonaga o‘xshaydi. Biz o‘yinni to‘g‘ri tahlil qildik va kerakli qarorlarni qabul qildik", – dedi Mourino jurnalistlarga.
Chempionlar Ligasi turnir jadvalida "Benfika" 6 ochko bilan 25-o‘rinda bormoqda. Joze Mourino jamoasining pley-offga chiqish imkoniyati ancha cheklangan, chunki yanvar oyida "Benfika" "Yuventus" va "Real" kabi kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.