
Chelsi jamoasi o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, londonliklar yarim himoyani mustahkamlashni maqsad qilgan va ularning diqqat markazidagi futbolchilardan biri Barselona a’zosi Mark Kasado bo‘lib turibdi.
Chelsi rahbariyati 22 yoshli Mark Kasado jamoaning hozirgi tarkibiga juda mos keladi, deb hisoblaydi. Transfermarkt portali mutaxassislarining baholashicha, futbolchining transfer qiymati 30 million yevroga teng.
Mark Kasado Barselona safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa-da, asosiy tarkibda tez-tez maydonga tushmaydi. 2025/2026-yilgi mavsumda u 15 ta uchrashuvda qatnashib, bir bor golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.