date

Erling Xoland Belingemni sog‘inganini aytdi


Manchester Siti hujumchisi Erling Xoland Real Madrid yulduzi, yarim himoyachi Jud Belingem haqida o‘z fikrlarini bildirdi. U Dortmundning Borussiya klubida Belingem bilan birga to‘p surgan vaqtlarini esladi va o‘sha davrni sog‘inayotganini aytdi.

“Jud – ajoyib inson. Men uni juda sog‘indim, u bilan birga o‘ynashni ham sog‘indim.

Dortmundning Borussiya klubida biz juda ko‘p ajoyib lahzalarni birga o‘tkazganmiz. U haqiqatdan ham juda yaxshi inson, shuning uchun uni sog‘indim,” – dedi Xoland City Xtra nashriga bergan intervyusida, TNT Sports manbalariga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, Manchester Siti chorshanba kuni safarda Real Madridni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yinda Erling Xoland penaltidan gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Erling Xoland Belingemni sog‘inganini aytdi