
2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyi Zinedin Zidan bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar mavjud. Karim Benzema bu haqda L’Equipe nashriga o‘z fikrini bildirdi.
Uning aytishicha, Zidan bosh murabbiy sifatida har qanday jamoa bilan g‘alabaga erisha oladi. "Agar Zidan bir kun kelib Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lsa, u g‘alabalarga erishadi.
Biz nima bo‘lishini bilmaymiz. Agar Zizu Fransiya terma jamoasini boshqarsa, men unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman.
Klub yoki terma jamoa, farqi yo‘q. U qayerda ishlamasin, u g‘alaba qozonadi, bu juda oddiy.
Albatta, biz doim aloqa qilamiz. ‘Real’da u murabbiy sifatida birinchi darajali edi.
Agar u Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lsa, muvaffaqiyatga erishishiga shubham yo‘q", – dedi Benzema. Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida faoliyat yuritmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.