date

Upamekanoning talablarini Real va PSJ qondirishga tayyor


Bavariya himoyachisi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga hali erisha olmagan. Fransiyalik futbolchining vakillari shartnomaga qo‘shimcha mukofotlar va imzo bonusi kiritishni talab qilmoqda.

O‘zi esa Myunxenda qolishga tayyorligini bildirgan, ammo bu faqat barcha talablar qabul qilingandagina amalga oshadi. Jurnalist Georg Xoltsnerning xabar berishicha, 27 yoshli markaziy himoyachi o‘z talablaridan voz kechmoqchi emas.

Shu bilan birga, manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Madridning Real klubi va PSJ futbolchining shartlarini to‘liq qondirishga tayyor. Dayo Upamekanoning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyida yakuniga yetadi.

U Bavariya safida 2021 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Upamekanoning talablarini Real va PSJ qondirishga tayyor