date

Gvardiola "Real"ga qarshi o‘yinni tahlil qildi


Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning "Real" jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda ba'zi futbolchilarining harakatlariga baho berdi. "O‘ylaymanki, Mateus Nunes yaxshi o‘ynadi.

Ikkala qanot himoyachisi ham "Santyago Bernabeu"da birinchi marotaba maydonga chiqdi. Rayan Sherki ham bu stadionda ilk bor o‘ynadi.

Nikko Gonsales o‘tgan mavsumda ham o‘ynagan edi, ammo bugungi o‘yinda u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Jeremi Doku esa ko‘plab jihatlarda bizga yordam berdi", — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oltinchi tur uchrashuvi "Manchester Siti"ning "Real" ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Shaharliklar" safida gollarni Nikko O'Rayli va Erling Xoland kiritdi.

"Qaymoqranglilar"ning yagona goliga esa Rodrigo mualliflik qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola "Real"ga qarshi o‘yinni tahlil qildi