
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi, argentinalik Xulian Alvares "Barselona" klubining unga bo‘lgan qiziqishi haqida o‘z fikrini bildirdi. "Men bu masalani o‘ylab tashvishlanmayman, bunga ko‘p e’tibor bermaslikka harakat qilaman.
Biroq, bu yangiliklar haqida xabardorman. Bu barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Hozirda men butun e’tiborimni joriy mavsumga qaratganman", – dedi Alvares Marca nashriga. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va to‘rtta golli uzatma amalga oshirgan.
Alvaresning "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 100 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq "Atletiko" klubi "Barselona"ga Alvaresni 200 million yevrodan kamiga sotmaslik niyatida ekanini bildirgani xabar qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.