
Sobiq "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:2) jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. "Menga shunday tuyuldiki, "Real" o‘yinda ancha intensiv harakat qildi.
Ushbu uchrashuv ular uchun katta ahamiyatga ega edi. Menimcha, "Real" juda ishonchli o‘ynadi va xavfli zonalarni juda yaxshi va ixcham himoya qildi.
"Manchester Siti" bu g‘alabaga loyiq emas edi. "Real" ancha xavfli jamoa edi", - dedi Kroos "Einfach mal Luppen" podkastida.
Shuningdek, "Manchester Siti"ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso ustidan bosim kuchaygani aytilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, agar "Real" dam olish kunlari "Alaves"ga mag‘lub bo‘lsa, Alonso iste’foga chiqarilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.