
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim Premer-ligadagi navbatdagi raqibi haqida fikr bildirdi. Dushanba kuni "qizil iblislar" Bornmut jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Ularning jamoasi ham, murabbiyi ham yuqori darajada. Men natijalarga emas, ularning har bir o‘yinga qanday yondashayotganiga e’tibor qarataman.
Ular juda agressiv pressing qiladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vertikal o‘ynashadi. Bu bizga o‘yinga tayyorgarlik uchun ko‘plab variantlarni taqdim etadi.
Men og‘ir o‘yin kutyapman, lekin ayniqsa uyda g‘alaba qozonishimiz kerak. Andoni Iraola juda o‘ziga xos ish olib boryapti.
U futbolchilarni yaxshilab, rivojlantiryapti. Ularning tarkibida juda yuqori darajada o‘ynashga qodir futbolchilar bor", - dedi Amorim jurnalistlarga.
"Manchester Yunayted" va "Bornmut" o‘rtasidagi uchrashuv 15-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.