
Karlo Anchelotti yozdan boshlab Braziliya milliy terma jamoasini boshqaradi. AS nashrining xabar berishicha, 66 yoshli italiyalik mutaxassis o‘z kelajagi borasidagi masalani hal qilgan va yaqin orada Braziliya Futbol Konfederatsiyasi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Yangi mehnat shartnomasi 2030 yilgi Jahon chempionati yakunigacha mo‘ljallangan. Manbaga ko‘ra, faqatgina rasmiy shartnoma imzolash marosimini o‘tkazish va uzoq muddatli kelishuvni e’lon qilish qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi. Braziliya terma jamoasi oxirgi marta Jahon chempionati g‘olibi bo‘lishni 2002 yilda uddalagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.