
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim Premer-liga doirasidagi Bornmutga qarshi o‘yindan oldin jamoa tarkibi haqida ma’lumot berdi. "Maguayr o‘ynamaydi, De Ligt ham o‘ynamaydi.
Sheshko haqida hali aniq bir narsa ayta olmaymiz – u oziq-ovqatdan zaharlangan. Ammo kutib turaylik, oldimizda yana ikki mashg‘ulot bor.
De Ligtning belida muammo bor. Bu jiddiy jarohat emas, biroq og‘riq bor, shuning uchun ehtiyotkorlik kerak.
Afrika Millatlar Kubogi oldidan Mbeumo, Mazruyi va Diallo o‘ynaydimi? Biz ularning milliy jamoalari bilan muzokaralar olib boryapmiz.
Ular hozir bu yerda mashg‘ulot o‘tkazishyapti, biz har qanday vaziyatga tayyorlanishni xohlaymiz," – dedi Amorim jurnalistlarga. Manchester Yunayted 15-dekabr, dushanba kuni Bornmutni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.