
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe yaqinda Chempionlar ligasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Fransuz futbolchisi juma kuni tizzasidagi noqulaylik sabab mashg‘ulotlarda qatnashmadi.
Ammo yaxshi xabar shuki, shanba kuni u jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Mbappening tizzasidagi holat yaxshilanmoqda va u shanba kuni o‘zini maydonda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Agar hammasi yaxshi kechsa, u 14-dekabr kuni "Alaves"ga qarshi La Liga uchrashuvida ishtirok etishi ehtimoli bor.
Ammo "Real" safida 10-12 nafar futbolchi ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.