
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines “Liverpul”ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida jamoasi darvozasiga penalti tayinlangan vaziyat haqida fikr bildirdi. “Inter” ushbu o‘yinda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Martinesning so‘zlariga ko‘ra, bu mag‘lubiyat jamoaning turnirdagi vazifasini murakkablashtiradi, ammo asosiy muammo hakamning xatosi bo‘lgan. “Biz hafamiz, lekin jahlimiz chiqmagan.
Agar hakamning xatosi tufayli yutqazsangiz, ko‘p narsa qila olmaysiz. Noto‘g‘ri qaror har narsani buzdi”, – dedi Martines La Gazzetta dello Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi vaziyat 87-daqiqada yuz berdi. Bosh hakam dastlab italiyalik futbolchilarning qoida buzganini ko‘rmadi, ammo VAR tizimi orqali vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, penalti belgiladi.
“Liverpul” futbolchisi bu imkoniyatni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.