Bellinxem: "Muxlislarning noroziligini tushunaman"

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellinxem Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda o‘z uylarida mag‘lub bo‘lishganidan so‘ng muxlislarning noroziligiga izoh berdi. "Santiago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Real" dastlab 28-daqiqada hisobni ochdi, ammo yakunda 1:2 hisobida "shaharliklar"ga imkoniyatni boy berdi.
O‘yindan so‘ng Bellinxem CBS Sportsga bergan intervyusida shunday dedi: "Bugun nimadir o‘zgardi – men buni sezdim. Endi har birimiz o‘z ustimizda ishlashimiz kerakligini tushunishimiz lozim.
Muxlislarning bizga nisbatan noroziligini tushunaman. Axir biz dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynayapmiz va odamlar bizni qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ sarflashadi." Yakshanba kuni madridliklar La Liga doirasida "Alaves"ga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing