
Lamin Yamal, Markus Reshford va Brunu Fernandesh joriy mavsumda Yevropaning beshta yetakchi ligasidagi eng yaxshi assistentlar qatoridan o‘rin olishdi. "Bavariya"ning futbolchisi Maykl Olise sakkizta golli pas bilan ro‘yxatni boshqarib turibdi.
"Barselona" vakili Lamin Yamal yetti assist bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchinchilikni esa "Barselona"dan Markus Reshford, "Manchester Yunayted"dan Brunu Fernandesh, "PSJ"dan Vitinya, "Xetafe"dan Luis Milya, "Bavariya"dan Luis Dias, "Ayntraxt Frankfurt"dan Fares Shaibi va "Union Berlin"dan Andrey Ilich olti golli pas ko‘rsatkichi bilan baham ko‘rishmoqda.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Yevropaning top-5 ligalari bo‘yicha eng yaxshi assistent sifatida "Liverpul"dan Muhammad Saloh (18 assist) e’tirof etilgan edi. Ikkinchi o‘rinni Maykl Olise (15), uchinchi o‘rinni esa Lamin Yamal (13) egallagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.