
Tottenhemning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons o‘z tanlovi sabablari haqida so‘zlab berdi. "Shporlar" niderlandiyalik futbolchini avgust oyi oxirida Germaniyaning RB Leyptsig klubidan 65 million yevro evaziga sotib oldi.
"Klub juda qiziqarli loyihani taqdim etdi. Jamoamizda ko‘plab iste’dodli yosh futbolchilar bor — bu meni eng ko‘p ilhomlantirgan narsa bo‘ldi.
Men sovrinlar yutishni, barcha musobaqalarda g‘alaba uchun kurashishni xohlayman. O‘ylashimcha, Tottenhemga o‘tish qarori to‘g‘ri bo‘ldi," — deya 22 yoshli futbolchining so‘zlarini ingliz matbuoti keltiradi.
Xavi Simons Tomas Frank boshqaruvi ostida 20 uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.