
Germaniya terma jamoasi va "Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, turk klubi "Galatasaray" yulduz futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Antonio Ryudiger muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini bildirgan.
32 yoshli nemis futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amalda bo‘ladi. Tajribali himoyachining transfer bozoridagi narxi 12 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Ryudiger "Real Madrid" tarkibida atigi uchta o‘yinda maydonga tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.