
Sobiq mashhur futbolchi Bastian Shvaynshteygerdan turli mamlakatlarning eng buyuk futbolchilarini aniqlash so‘raldi. Shvaynshteyger Ispaniyadan kutilmaganda Lamin Yamalni tanladi.
Ammo Argentina va Portugaliyada hech qanday kutilmagan tanlov bo‘lmadi — sobiq "Bavariya" futbolchisi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni eng buyuk futbolchilar deb e’lon qildi. Braziliya haqida gap ketganda, Shvaynshteygerning tanlovi futbol qiroli Pelega to‘g‘ri keldi.
Pele uch karra jahon chempioni (1958, 1962 va 1970 yillarda) bo‘lgan va 2022 yil 29 dekabrda vafot etgan edi. Angliyada Shvaynshteyger Bobbi Charltonni, Fransiyada Zinedin Zidan, Germaniyada Frants Bekkenbauer, Niderlandiyada esa Yoxan Kroyffni eng buyuk futbolchilar sifatida ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.