
Atletiko jamoasi shanba kuni Valensiyaga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muxlislarini xursand qildi. Diego Simeone boshchiligidagi jamoa bahsni o‘z maydonida o‘tkazdi.
Jurnalist Pedro Martin ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, Simeone La Liga tarixida murabbiylar orasida g‘alabalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. U Viktor Munyosni ortda qoldirib, o‘z hisobiga 324 g‘alabani yozib qo‘ydi.
La Ligada eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiy bu Luis Aragones bo‘lib, u 344 o‘yinda zafar quchgan. Afsuski, Aragones 2014 yilda olamdan o‘tgan.
Shuningdek, Atletiko so‘nggi sakkiz uy uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lganini ham ta'kidlash lozim. Diego Simeone jamoani 2011 yil dekabr oyida boshqargan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.