date

Palmer Tuxelning uchrashuvga kelishi haqida fikr bildirdi

Palmer Tuxelning uchrashuvga kelishi haqida fikr bildirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shanba kuni APL doirasida bo'lib o'tgan "Chelsi" – "Everton" uchrashuvini stadiondan kuzatdi. London klubi 2:0 hisobida g'alaba qozongan bahsdan so'ng jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer murabbiy tribunada bo'lgani borasida fikrini aytdi.

Palmer 2026 yilgi jahon chempionatida "uch sher" safidan joy olishni maqsad qilgan. BBC Match of the Day dasturiga bergan izohida Palmer shunday dedi: "Tuxel o'yinni tomosha qildimi?

Rostini aytsam, men juda uzoqqa qarab ketmayman. Uch oy jarohat bilan o'tirdim, hozir esa faqat yaxshi jismoniy holatga qaytish ustida ishlashim kerak.

To'liq sog'ayganimda jamoaga nimalar bera olishimni bilaman, shuning uchun tez orada shu darajaga qaytishga umid qilaman". Ma'lumot uchun, Koul Palmer Angliya terma jamoasi safida so'nggi bor iyun oyida maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Palmer Tuxelning uchrashuvga kelishi haqida fikr bildirdi