
Londonning Arsenal klubi APLning so'nggi pog'onasida turgan Vulverhemptonga qarshi uy uchrashuvining birinchi bo'limida gol ura olmadi. Tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqildi.
Mikel Arteta jamoasi kutilganidek katta hududiy ustunlikka ega bo'ldi: to'p nazorati 74 foizni tashkil etdi, zarbalar nisbati ham Arsenal foydasiga — 6:2. Biroq “to'pchilar” birinchi bo'limda darvoza to'riga aniq zarba yo'llay olmadi.
Squawka ma'lumotiga ko'ra, bu joriy Premyer-liga mavsumida Arsenalning tanaffusgacha biror marta ham darvoza to'riga aniq zarba bera olmagan ilk o'yini bo'ldi. Vulverhempton esa bir aniq zarba qayd etdi.
Arsenal ayni paytda chempionat turnir jadvalida peshqadam, Vulverhempton esa oxirgi o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.