
Fransiya Ligue 1’ning 16-turida yaxshi formaga kirib olgan “Renn” va “Brest” o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida mehmonlar to‘p nazoratini qo‘lga oldi va tez orada hisobni ochdi: 13-daqiqada qarshi hujumda Mama Balde aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi — 0:1.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa “Renn” qisqa fursatda o‘yinni o‘z foydasiga burib yubordi. Avvaliga Esteban Lepol Mussa Tamari uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, “Brest” himoyasidagi qo‘pol xatodan foydalanib, yana Tamari gol urdi — 2:1. 87-daqiqada Mohamed Mete jarima maydoni ichidan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan o‘yindagi intriga nuqtasini qo‘ydi — 3:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Renn” 27 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Brest” esa 19 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.