Ruben Diash Erling Holannni jamoa yetakchisi deb atadi


«Manchester Siti»ning asosiy himoyachisi Ruben Diash jamoadoshi, norvegiyalik markaziy hujumchi Erling Holann haqida fikr bildirdi. «Erling juda kuchli.
Shu ruhda davom etsin. U jamoamizning butun qudratini namoyon qilyapti, u yetakchilardan biri.
Uning statistikasi hanuz juda chanqoqligini ko‘rsatadi. Klubdagi boshqa futbolchilarda ham shunday kayfiyat bo‘lishi kerak», — deya Diashning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.
2025/2026 yilgi mavsumda skandinaviyalik to‘purar 21 uchrashuvda maydonga tushib, 21 gol urdi va 3 golli pas berdi. 25 yoshli Holannning transfer qiymati 200 million yevroga baholanmoqda.
Norvegiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.






























Izohlar 0
…