date

Pirs Morgan «Arsenal» g'alabasini keskin baholadi


Angliya chempionatining 16-turida «Arsenal» o'z maydonida «Vulverhempton»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv yakuniga Pirs Morgan ham munosabat bildirdi.

«To'pchilar» muxlisi hisoblangan jurnalist o'yinni keskin tanqid qildi. ««Arsenal»ning o'yini juda yomon bo'ldi.

Ammo baribir uch ochkoni oldik va hanuz birinchi o'rindamiz. Rojdestvo arafasida Jezus bizni qutqardi», — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlarda.

Mikel Arteta shogirdlari 36 ochko jamg'arib, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. London klubi ikkinchi o'rindagi «Manchester Siti»dan besh ochkoga o'zib ketgan, biroq Pep Gvardiola jamoasida «Kristal Pelas»ga qarshi zaxira o'yin bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pirs Morgan «Arsenal» g'alabasini keskin baholadi