date

Yurgen Klopp “Real”ni boshqarish taklifini rad etdi


Sobiq “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yaqin vaqt ichida Madridning “Real” klubini boshqarishi ehtimoldan yiroq. “Qirollik klubi”da bosh murabbiy lavozimi tez orada bo‘shashi mumkin: Xabi Alonsoga ishdan bo‘shatilish xavfi tahdid solmoqda.

Ispaniyalik mutaxassisning ehtimoliy o‘rinbosarlari qatorida Kloppning nomi ham tilga olinmoqda, biroq klub, ko‘rinishidan, boshqa nomzodlarni izlashiga to‘g‘ri keladi. Diario AS xabariga ko‘ra, 58 yoshli germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytishni istamaydi va uning rejalari o‘zgarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan beri Yurgen Klopp Red Bull’ning futbol yo‘nalishi bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelmoqda. U 2015 yil oktyabridan 2024 yil yozigacha “Liverpul”ni boshqargan, undan avval Dortmundning “Borussiya”si hamda “Maynts” klublarida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp “Real”ni boshqarish taklifini rad etdi