
Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Dayo Upamekano kelajagi haqidagi savollarga javob berdi. 27 yoshli fransiyalik futbolchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oxirida yakunlanadi.
Shu bois u joriy mavsumdan keyin erkin agentga aylanishi mumkin. Yaqinda berilgan intervyuda Upamekanodan terma jamoadagi jamoadoshi Usmon Dembele bilan klub darajasida birga o'ynash istagi bor-yo'qligi so'raldi.
“Albatta, nega endi yo'q? Ammo biz hech qayerga shoshilmayapmiz”, dedi u.
Shuningdek, markaziy himoyachi shartnomani uzaytirish masalasiga ham to'xtaldi. “Bavariya”da qolishga tayyormanmi?
Ha, albatta”, deya Telefoot bilan suhbatda ta'kidladi Upamekano. Avvalroq matbuotda futbolchining Madridning “Real” klubi bilan kelishuvga yaqin ekani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Dembelening amaldagi jamoasi bo'lgan “PSJ” ham Upamekanoga qiziqish bildirayotgan da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.