date

Real Sosedadga bosh murabbiylikka ikki nomzod aytildi


Bugun, 14 dekabr kuni "Real Sosedad" bosh murabbiy Serxio Fransisko jamoani tark etganini rasman ma'lum qildi. Shundan so'ng ispan klubida bo'shagan lavozimga kimlar da'vogarligi borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marzio xabariga ko'ra, "Real Sosedad" rahbariyati bosh murabbiylik uchun ikki mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda: Tiago Motta va Pellegrino Mataratstso. Tiago Mottaning so'nggi ish joyi "Yuventus" bo'lgan.

U klubni 2025 yil mart oyida tark etgan. Avvalroq u "Bolonya", "Spetsiya" va "Jenoa" jamoalarida ham ishlagan.

Pellegrino Mataratstso esa 2024 yil noyabr oyidan beri ishsiz: u "Xoffenxaym"dagi bosh murabbiylik lavozimini tark etganidan buyon jamoasiz. Ispaniya chempionatining 16 turidan so'ng "Real Sosedad" 16 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Sosedadga bosh murabbiylikka ikki nomzod aytildi