
Ispaniya La Ligasining yakshanba kungi «Levante» – «Vilyarreal» uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi. «Levante» klubi rasmiy manbasiga ko'ra, o'yinni qoldirish tashabbusi mintaqadagi ob-havo prognozi bilan bog'liq: kuchli yomg'irlar sabab hukumat qizil darajadagi xavf ogohlantirishini e'lon qilgan.
O'yinni ko'chirish bo'yicha qarorni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tasdiqladi. Uchrashuvning yangi sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.
Avvaldan sotib olingan chiptalar o'z kuchini saqlab qoladi. Hozirda «Vilyarreal» La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda, «Levante» esa so'nggi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.