date

Henderson golini halok bo'lgan Diogu Jotaga bag'ishladi


“Liverpul”ning sobiq sardori Jordan Henderson “Lids” darvozasiga kiritgan golini mersisaydliklar safida to'p surgan marhum hujumchi Diogu Jotaga bag'ishladi. Henderson hozir “Brentford” sharafini himoya qiladi.

Jamoa APLning 16-turi doirasida o'z maydonida “Lids”ni qabul qildi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Henderson mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Golni nishonlash paytida u o'tirib, go'yo o'yin pristavkasida joystik bilan o'ynayotgandek ishora qildi. Jota gollarini aynan shunday uslubda nishonlardi.

Biroq Hendersonning goli g'alaba to'pi bo'lmadi: “Lids” asosiy vaqt tugashiga sakkiz daqiqa qolganida hisobni tenglashtirdi. Eslatib o'tamiz, Diogu Jota 2025 yil yozida yo'l-transport hodisasida halok bo'lgan.

U bilan birga akasi ham vafot etgan. Ispaniyada ularning avtomobili yo'ldan chiqib ketib, yonib ketgani xabar qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Henderson golini halok bo'lgan Diogu Jotaga bag'ishladi