
«Alaves» bosh murabbiyi Eduardo Kudet Madridning «Real»iga qarshi uchrashuvda o'z darvozasiga penalti belgilanmagan vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. O'yinning 88-daqiqasida «Real» hujumchisi Vinisius Junior jarima maydonida yiqildi.
Mehmonlar penalti talab qildi, biroq bosh hakam qoidabuzarlik bo'lmagan, degan xulosaga keldi. «Vinisius bilan bo'lgan epizodmi?
Men hakamning qarorini tushunmayapman. Bu yo penalti, yo simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka va chetlatish bo'lishi kerak.
Nega yakunda na biri, na boshqasi bo'lmadi?» dedi Kudet o'yindan keyingi intervyusida. Uchrashuvda «Real» 24 va 76-daqiqalarda Kilian Mbappe hamda Rodrigoning gollari evaziga g'alaba qozondi.
«Alaves» safida esa 68-daqiqada Karlos Visente hisobni qisqartirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.