
Londonning "Tottenhem" klubi yarim himoyachisi Yves Bissouma azot oksidi, ya'ni "kuldiruvchi gaz"dan noo'rin foydalanib kelgani uchun muxlislardan uzr so'radi. Mazkur modda ayrim mamlakatlarda qonuniy bo'lsa-da, narkotik modda sifatida e'tirof etiladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi ishtirok etgan, ushbu holat aks etgan video tarqalgan edi. Bissouma bu odatini yozda uyiga bosqinchilik uyushtirilgani ortidan tushkunlikka tushib qolgani bilan izohladi.
O'shanda u jami bir million funt sterling qiymatidagi pul va qimmatbaho buyumlardan ayrilgan. Futbolchining aytishicha, hanuz tinch uxlay olmaydi va ko'pincha tunlarni uyida o'tkazmaydi.
"Bu men uchun ham, imijim uchun ham yomon ekanini bilaman, chunki men professional futbolchiman. Juda afsusdaman, muxlislardan uzr so'rayman.
Bu voqealar ichimda nimanidir sindirdi: qo'rquv, vahima, paranoya, depressiya, uyqusizlik va o'zimga bo'lgan ishonchning doimiy yo'qolishiga olib keldi", deya futbolchining so'zlarini The Sun nashri keltirdi. 2025/2026 yilgi mavsumda hozircha bir daqiqa ham maydonga tushmagan Bissouma bundan buyon fikr va kuchini faqat futbolga qaratishga va'da berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.