
Londonning Chelsi klubi bosh murabbiyi Enso Mareska bahsli intervyu berdi. Unda u klubni qo'llab-quvvatlashni istamaydigan ayrim kishilar borligiga ishora qilgandi.
Keyinroq mutaxassis bu gaplari bilan muxlislarni emas, aynan klub rahbariyatini nazarda tutgani ma'lum bo'ldi. talkSPORT xabariga ko'ra, Mareska yuqori o'rinlar uchun kurashishda jamoaga munosib transferlar va tarkibni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi.
Biroq “ko'klar” egalari yosh futbolchilarga tayanish yo'nalishidan voz kechmayapti. OAV, shuningdek, Mareska ushbu masala yuzasidan batafsil matbuot anjumani o'tkazishi kutilayotganini yozmoqda.
APLning 16 turidan so'ng Chelsi 28 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.