date

Maynuning agenti Napoli bilan muzokara o‘tkazadi


“Manchester United” yarim himoyachisi Kobbi Maynu “Napoli”ning ustuvor transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda. 20 yoshli futbolchi Ruben Amorim qo‘l ostidagi jamoada o‘z holatidan norozi: portugaliyalik murabbiy unga asosiy tarkibda kamdan-kam ishonch bildiradi.

Istiqbolli yarim himoyachi mavsum oxirigacha ijaraga ketib, Jahon chempionati oldidan muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, “Napoli” angliyalik futbolchini ijara asosida tarkibga qo‘shib olish ustida faol ishlamoqda.

Yaqin kunlarda klub vakillari futbolchining agenti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishi kutilmoqda. Maynu joriy mavsumda 11 uchrashuvda maydonga tushdi.

Hozircha “qizil iblislar” o‘z tarbiyalanuvchisi bilan vaqtincha bo‘lsa ham xayrlashishga tayyormi-yo‘qmi, noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maynuning agenti Napoli bilan muzokara o‘tkazadi