
Ispaniya La Ligasi 16-turining safardagi uchrashuvida Madridning "Real" klubi "Alaves"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. "Qirollik klubi" safida gollardan birini fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe kiritdi.
Ushbu gol Mbappe uchun 2025 yil taqvimiy yilida "Real" tarkibidagi 56-gol bo'ldi. Shu tariqa u portugaliyalik Krishtianu Ronalduning klub tarixidagi ko'rsatkichiga yanada yaqinlashdi: Ronaldu 2013 yilda "Real" libosida bir kalendar yil davomida 59 ta gol urgandi.
Yil yakuniga qadar Madrid grandi yana ikki uchrashuv o'tkazadi. Xabi Alonso shogirdlari Ispaniya Kubogida "Talavera"ga qarshi maydonga tushadi, La Ligada esa "Sevilya" bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.