Brendan Rodjers Saudiya Arabistonida ish boshlashi mumkin

Avval «Liverpul» va Shotlandiyaning «Seltik» klubini boshqargan Brendan Rodjers Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda aawsat nashri jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tajribali mutaxassis xizmatlariga «Al-Qodisiya» klubi qiziqish bildirmoqda. Klub Rodjersni yaqin kunlarda rasman tanishtirishi ehtimoli bor.
Eslatib o'tamiz, Rodjersning so'nggi ish joyi «Seltik» bo'lgan. U joriy yil oktyabr oyida Shotlandiya jamoasini tark etdi.
Saudiya Arabistoni chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida «Al-Qodisiya» turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing