date

Manchester Yunayted Manuel Ugarte bilan qishda xayrlashishi mumkin


Manchester Yunayted yarim himoyachisi Manuel Ugarte yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkin. 24 yoshli futbolchi “qizil iblislar”ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, klub rahbariyati qishki transfer oynasida urugvaylik futbolchi bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ugartega La Liga, A Seriya va Fransiya Liga 1 klublaridan qiziqish borligi aytilmoqda, biroq ayni paytda aniq jamoalar nomi oshkor etilmagan.

Joriy mavsumda Manuel Ugarte Ruben Amorim boshqaruvidagi jamoa safida 11 uchrashuvda maydonga tushdi, ammo boshlang'ich tarkibda atigi uch marta o'yinni boshladi. Avval PSJ va Lissabonning Sportingi tarkibida o'ynagan yarim himoyachining Transfermarkt portalidagi bahosi 30 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Manuel Ugarte bilan qishda xayrlashishi mumkin