date

Takehiro Tomiyasu «Ayaks» bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzadi


Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Takehiro Tomiyasu Niderlandiyaning «Ayaks» klubi bilan joriy futbol mavsumi yakunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Tomiyasu 2025 yil yozida erkin agentga aylangan. U 2022 yildan beri Londonning «Arsenal» klubi safida o'ynagan, biroq so'nggi bir yil davomida jarohatlar sababli deyarli maydonga tushmagan.

Futbolchi 16 dekabr, seshanba kuni Amsterdamga uchib borib, yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tadi va mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Tomiyasu 27 yoshda.

«Arsenal»ga ko'chib o'tishidan avval u Italiyadagi «Bolonya» klubida to'p surgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Takehiro Tomiyasu «Ayaks» bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzadi