date

Amorim tanqidga javob berdi: Manchester Yunayted yetarli emas


Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim klub afsonalari tomonidan yangrayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Mutaxassis BBC bilan suhbatda jamoa natijalarini yetarli darajada deb hisoblamasligini aytdi: «Menimcha, biz yetarli darajada yaxshi emasmiz.

Bizga, ayniqsa shu mavsumda, ko'proq ochko kerak. Men uchun tanqid tabiiy holat.

Biroq ba'zan ularda barcha zarur ma'lumot bo'lmaydi va ular klubni o'zlari bu yerda o'ynagan, doim g'alaba qozongan davrdagidek tasavvur qilishadi. Klubni bunday vaziyatda ko'rish ularga qiyin.

Men ham murabbiy sifatida yetarli darajada yaxshi emasman, bu ham fakt. Ular uchun muammo shundaki, Manchester Yunayted yutmayapti va bo'lishi kerak bo'lgan o'rinda emas».

Eslatib o'tamiz, APLning joriy mavsumida Manchester Yunayted 25 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda, biroq jamoaning bitta o'yini zaxirada. Dushanba kuni kechqurun «qizil iblislar» o'z maydonida 15-o'rindagi Bornmutni qabul qiladi.

G'alaba qozonilsa, mankunianlar ochkolari 28 taga yetadi va 4-o'rindagi Chelsi bilan tenglashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim tanqidga javob berdi: Manchester Yunayted yetarli emas