
Ispaniya La Ligasining 16-turida «Barselona» navbatdagi g'alabasini qayd etdi. Kataloniyaliklar muvaffaqiyatiga jamoa sardori Rafin'yaning dubliga sabab bo'ldi.
Ushbu ikki gol braziliyalik futbolchiga klub tarixidagi afsonalardan biri — Yoxan Kroyf ko'rsatkichiga yetib olish imkonini berdi. Kroyf 1970-yillarda «Barselona» safida to'p surgan, oradan o'n yil o'tib esa jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytgan.
Niderlandiyalik buyuk futbolchining o'yinchi sifatidagi merosi 180 uchrashuvda 60 goldan iborat bo'lgan. Endi Rafin'ya hisobida ham xuddi shuncha — 60 gol bor.
Biroq Rafin'ya bu marraga 157 o'yinda yetdi, Kroyfga esa 180 uchrashuv kerak bo'lgan. Shunga qaramay, Kroyfning murabbiylik merosi «Barselona»ning bugungi hujumkor uslubiga poydevor bo'lgani ta'kidlanadi: aynan u jamoaning keyinchalik kataloniyaliklar ramziga aylangan hujumkor futbolini shakllantirgan va bu yo'nalish hanuz saqlanib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.