
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi Angliya Premyer-ligasida chempionlikka asosiy da'vogar haqida fikr bildirdi. Runi BBC Podcast'dagi chiqishida «Meningcha, g'alabaga favorit — “Arsenal”.
Biroq “Manchester Siti” “to'pchilar”ga qanchalik kuchli raqobat qila olishi qiziq. Lekin bu ko'proq “Arsenal”ning o'ziga bog'liq: ular avval ham yetakchilik qilib, keyin ustunlikni boy berishgan», dedi.
16-tur yakunlariga ko'ra “Arsenal” 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi “Manchester Siti”dan farq ikki ochkoni tashkil etadi.
Kuchli uchlikni 33 ochko to'plagan “Aston Villa” yakunlab turibdi. Avvalroq Runi “Aston Villa”ning chempion bo'lishiga ishonmasligini ham aytgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.