“Al-Fath” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev hamda hujumchimiz Dragan Cheranlar ishtirok etishdi.
-Avvalo assalomu alaykum. Ertangi o‘yin biz uchun murakkab o‘yin. Ertaga biz Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri bilan bahs yuritamiz. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo‘lajak o‘yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g‘alaba uchun harakat qilamiz. “Al-Fath” jamoasining bir necha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Jamoa kuchli tarkibga ega, futbolchilar himoyada ham, hujumda yaxshi harakat qilishadi. “Al-Fath”ga qarshi tayyorgarlikda, raqibimizning ichki chempionatdagi egallab turgan o‘rniga e’tibor bermadik, chunki ertaga boshqa musobaqa uchrashuvi bo‘ladi. “Al-Fath”da jamoaviy o‘yin ham, o‘yinchilarining individual mahorati ham yuqori. Biz bularni hammasini e’tiborga olib, futbolchilarimizga ko‘rsatmalar berib borayapmiz va shu asnoda bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. “Al-Hidd” bilan “Al-Fath” o‘rtasida katta farq bor, biz ertaga faqat hujumni o‘ylamasdan, himoyani ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Ob-havo? To‘g‘risi, biz bunday qulay ob-havoni kutmagan edik. Hozir, bu erdagi ob-havo xuddi o‘zimizni yurtimizdagidek ekan. Faqat qor yo‘q ekan (kulib). To‘g‘ri, bizda milliy chempionatimiz hali boshlanmadi. Ammo biz bu uchrashuvlarga ko‘pdan buyon tayyorgarlik ko‘rib kelayapmiz, shuningdek rasmiy uchrashuvgacha bir qator kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazdik. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz etarli o‘yin amaliyotiga ega. Endi albatta “Al-Fath” ichki chempionatda ketma-ket o‘yinlar o‘tkazib kelayapti. Ammo ertaga bo‘ladigan saralash, bir o‘yindan iborat. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz, - deydi Ro‘ziqul Berdiev.
-Men uchun Saudiya futboli begona emas. Avval bu mamlakat chempionatida o‘ynaganman. “Al-Fath” jamoasiga ham qarshi to‘p tepganman. Bu jamoada kuchli legionerlar qatori, doimo katta mahoratga ega mahalliy o‘yinchilar ham bo‘lgan. Ertaga biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Buning uchun kurashga tayyormiz,-deydi Dragan Cheran.
Manba:fcnasaf.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi