
Amsterdamning “Ayaks” klubi rasmiy ravishda yaponiyalik himoyachi Takehiro Tomiyasuni safiga qo'shib oldi. O'ng qanotda ham, markazda ham o'ynay oladigan futbolchi bilan shartnoma joriy mavsum yakuniga qadar tuzildi.
Tomiyasu so'nggi uch mavsumni Londonning “Arsenal” jamoasida o'tkazdi: u 2022 yil yozida “Bolonya”dan transfer qilingan edi. O'tgan mavsumda futbolchi tizzasidagi jiddiy muammolar sabab deyarli maydonga tushmadi.
2025 yil yozida esa “kanonirlar” safini tark etib, erkin agentga aylandi. Joriy mavsumda “Ayaks” Chempionlar ligasida omadsiz ishtirok etmoqda: jamoa turnir jadvalida uch ochko bilan autsayderlar qatorida.
Niderlandiya chempionatida esa amsterdamliklar 29 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda, yetakchidan ortda qolish 14 ochkoni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.