
PSJ hujumchisi Usmon Dembele FIFA talqiniga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini olganidan so'ng fikr bildirdi. 28 yoshli fransiyalik futbolchi ushbu sovrin katta jamoaviy mehnat samarasiga aylanganini ta'kidladi.
Dembele jamoadoshlarining hissasini alohida qayd etib, oilasiga va ajoyib mavsum o'tkazgan PSJ klubiga minnatdorlik bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, tinimsiz mehnat va har kungi fidoyilik munosib natija keltirgan.
"Mashaqqatli mehnat o'z samarasini beradi. Oilamga, jamoadoshlarimga va fantastik yil o'tkazgan PSJga rahmat", dedi Dembele.
O'tgan mavsumda Dembele PSJ bilan Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan tashqari deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.