
PSJ hujumchisi Usmon Dembele FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan The Best mukofoti sohibiga aylandi. Ovoz berish yakunlariga ko'ra, fransiyalik futbolchi 2025 yilning eng kuchli o'yinchisi deb topildi.
Shaxsiy sovrin uchun kurashda Dembele “Barselona” vakili Lamin Yamal hamda Madridning “Real” klubida to'p surayotgan Kilian Mbappedan ustun keldi. 28 yoshli hujumchining bu yutug'i uning yorqin mavsumiga mantiqiy davom bo'ldi: u avvalroq “Oltin to'p”ni ham qo'lga kiritgan edi.
Dembele 2024/25 yilgi mavsumda PSJ safida yuqori darajada o'ynab, ko'plab sovrinlarni yutdi va 35 ta gol muallifiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.