
Lionel Messi FIFAning The Best marosimida o'z ovozlarini kimga bergani ma'lum bo'ldi. Yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida FIFA tomonidan Usmon Dembele g'olib deb topildi va 38 yoshli argentinalik ham aynan unga ovoz berdi.
Eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi darvozabon yo'nalishlarida ham “Inter Mayami” hujumchisining tanlovi yakuniy natijalar bilan bir xil bo'ldi. Messi birinchi o'ringa Luis Enrikeni (PSJ), darvozabonlar orasida esa Janluiji Donnarummani (Manchester Siti, avval PSJ) qo'ydi.
Murabbiylar reytingida u ikkinchi va uchinchi o'rinlarga mos ravishda Hans-Diter Flik (Barselona) hamda Mikel Artetani (Arsenal) kiritdi. Darvozabonlar ro'yxatida esa Messi ikkinchi pog'onani terma jamoadagi sherigi Emiliano Martinesga berdi, uchinchi o'rinni esa Madridning “Real” klubi posboni Tibo Kurtua egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.